Mo‘g‘uliston tomon yo‘l
Taniqli velosayyoh, sport faxriysi Xursand Sherov bugun yana yo‘lga otlandi. Bu galgi safar 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlandi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Xursand Sherovni kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi.Unda Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari, yosh sportchilar qatnashishdi. Bahodir Maxsitov uzoq sayohatga yo‘l olayotgan X.Sherovning jasorati haqida gapirar ekan, uning tashabbusi yoshlarga o‘rnak bo‘lishini bildirdi. Shuningdek, oldinda turgan mashaqqatli safarda unga omad va kuch-quvvat tiladi.Rejaga ko‘ra, Toshkentdan yo‘lga otlangan Xursand Sherovning safari Mo‘g‘ulistonda yakunlanadi. Hamyurtimiz ushbu manzilga Qozog‘iston va Rossiya davlatlari orqali borishi ko‘zda tutilgan.
1 - Iyun, 2024
Tadbir mavzusi
Mo‘g‘uliston tomon yo‘l
Tadbir haqida
Taniqli velosayyoh, sport faxriysi Xursand Sherov bugun yana yo‘lga otlandi. Bu galgi safar 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlandi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Xursand Sherovni kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari, yosh sportchilar qatnashishdi. Bahodir Maxsitov uzoq sayohatga yo‘l olayotgan X.Sherovning jasorati haqida gapirar ekan, uning tashabbusi yoshlarga o‘rnak bo‘lishini bildirdi. Shuningdek, oldinda turgan mashaqqatli safarda unga omad va kuch-quvvat tiladi.
Rejaga ko‘ra, Toshkentdan yo‘lga otlangan Xursand Sherovning safari Mo‘g‘ulistonda yakunlanadi. Hamyurtimiz ushbu manzilga Qozog‘iston va Rossiya davlatlari orqali borishi ko‘zda tutilgan.