Bizning hamkorlar
OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI
OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI
Muzey Respublikamizdagi oliy toifali muzey bo‘lib, u ikki qavatdan iborat. Umumiy maydoni 2700 kv.m, ekspozitsiya maydoni 1073 kv.mni, asosiy fondi 2260 tani, ilmiy yordamchi fondi esa 409 tani tashkil etadi. Muzey 1-qavati “Shon-sharaf” zali deb nomlanadi, unda o‘zbek sportchilarining mustaqillik yillarida nufuzli sport musobaqalarida, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari joy olgan.
Muzeyning 2-qavatidan Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tarixi, bolalar sporti, O`zbekiston faxriy sportchilari tarixi, milliy sport turlari va o‘yinlari (etnosport), mepping zona joy olgan. Eksponatlar ichida uzoq tarixga ega bo‘lgan numizmatika ashyolari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan nishonlar, jetonlar, medallar, pochta markalari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari mash’alalari, plakatlar, san’at asarlari, kuboklar, kitob va xujjatlar, film va fotomateriallar mavjud. Ular orasida miloddan avvalgi Gretsiyaning Kos orolidan keltirilgan 450-470-yillarga tegishli olimpiya dizaynli kumush tanga hamda Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining o'sha vaqtdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranchning shaxsiy kolleksiyasidan muzeyga sovg‘a qilingan eksponatlarning ham borligi diqqatga sazovordir.
Tadbirlar
Muzeyda bo'lib o'tgan tadbirlar va ulardan lavhalar
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 18-may — Xalqaro muzeylar kuni doirasida Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda “9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi.
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 18-may — Xalqaro muzeylar kuni doirasida Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda “9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi.
Unda Mudofaa vazirligi Faxriylar markaziy kengashi aʼzolari, harbiy xizmatchilar, shahrimiz aholisi va mehmonlari hamda muzey xodimlari ishtirok etdilar.
Xalqimizda “Qadr koʻrsatgan qadr topadi” degan naql bor. El-yurt ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan fidoyi insonlar ezgu amallari sabab umrbod xotiradan oʻchmaydilar.
Tadbirda Mudofaa vazirligi faxriylari Vatanga xizmat qilishdek sharafli kasbda orttirgan tajribalari, xizmat davrida erishgan yutuqlari haqida soʻzlab berdilar.
Tadbir davomida Mudofaa vazirligining Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri hamda Respublika xizmat koʻrsatgan Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari diltortar kuy-qoʻshiqlari bilan tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladilar.
Tadbir soʻngida Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi rahbariyati tomonidan tadbir mehmonlariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.Xalqaro stol tennisi federatsiyasi Prezidenti Petra Syorling Respublika Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurdi va oʻzbek sportining shonli tarixi bilan tanishdi.
Xalqaro stol tennisi federatsiyasi Prezidenti Petra Syorling Respublika Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurdi va oʻzbek sportining shonli tarixi bilan tanishdi.
18-may — Xalqaro muzeylar kuni!
18-may — Xalqaro muzeylar kuni!
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrat muzeyi — tarix, madaniyat hamda Olimpiya va Paralimpiya sporti yutuqlarini o‘zida mujassam etgan maskandir. Barcha muzey xodimlari va tashrif buyuruvchilarni ushbu sana bilan samimiy tabriklaymiz!Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Respublika kurash federatsiyasi tomonidan tadbir tashkil etildi unda mamlakatimizda malaka oshirayotgan xorijiy kurash bo‘yicha murabbiylar ishtirok etdilar.
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Respublika kurash federatsiyasi tomonidan tadbir tashkil etildi unda mamlakatimizda malaka oshirayotgan xorijiy kurash bo‘yicha murabbiylar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Avstraliya, Pokiston, Afg‘oniston va boshqa qator davlatlarda kurash bo‘yicha murabbiylik faoliyatini olib borish huquqini beruvchi maxsus litsenziyalar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun muzey bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, ularga O‘zbekiston sportchilari erishgan yutuqlar, Olimpiya va Paralimpiya harakati tarixi hamda muzey eksponatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Muzey ashyolari va kolleksiyalari
1956 yil Melburn shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Olimpiya o‘yinlari nishoni
1956 yil Melburn shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Olimpiya o‘yinlari nishoni
1932 yil Los-Anjelis shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari esdalik bilakuzugi
1932 yil Los-Anjelis shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari esdalik bilakuzugi
2002 yil Sidney Olimpiya o‘yinlari darvozasi.
2002 yil Sidney Olimpiya o‘yinlari darvozasi.
Jeton
Commemorative token of the 1924 Paris VIII Olympic Games












































