Muzey haqida

muzey rasmi

OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI

OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI

Muzey Respublikamizdagi oliy toifali muzey bo‘lib, u ikki qavatdan iborat. Umumiy maydoni 2700 kv.m, ekspozitsiya maydoni 1073 kv.mni, asosiy fondi 2260 tani, ilmiy yordamchi fondi esa 409 tani tashkil etadi. Muzey 1-qavati “Shon-sharaf” zali deb nomlanadi, unda o‘zbek sportchilarining mustaqillik yillarida nufuzli sport musobaqalarida, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari joy olgan. 

 

Muzeyning 2-qavatidan Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tarixi, bolalar sporti, O`zbekiston faxriy sportchilari tarixi, milliy sport turlari va o‘yinlari (etnosport), mepping zona joy olgan. Eksponatlar ichida uzoq tarixga ega bo‘lgan numizmatika ashyolari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan nishonlar, jetonlar, medallar, pochta markalari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari mash’alalari, plakatlar, san’at asarlari, kuboklar, kitob va xujjatlar, film va fotomateriallar mavjud. Ular orasida miloddan avvalgi Gretsiyaning Kos orolidan keltirilgan 450-470-yillarga tegishli olimpiya dizaynli kumush tanga hamda Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining o'sha vaqtdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranchning shaxsiy kolleksiyasidan muzeyga sovg‘a qilingan eksponatlarning ham borligi diqqatga sazovordir.

manzil

O‘zbekiston, Toshkent

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi, 4a uy.
Telefonlar:
+998(71) 208-08-33
Email:
info@olympicmuseum.uz