Bizning hamkorlar
OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI
OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI
Muzey Respublikamizdagi oliy toifali muzey bo‘lib, u ikki qavatdan iborat. Umumiy maydoni 2700 kv.m, ekspozitsiya maydoni 1073 kv.mni, asosiy fondi 2260 tani, ilmiy yordamchi fondi esa 409 tani tashkil etadi. Muzey 1-qavati “Shon-sharaf” zali deb nomlanadi, unda o‘zbek sportchilarining mustaqillik yillarida nufuzli sport musobaqalarida, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari joy olgan.
Muzeyning 2-qavatidan Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tarixi, bolalar sporti, O`zbekiston faxriy sportchilari tarixi, milliy sport turlari va o‘yinlari (etnosport), mepping zona joy olgan. Eksponatlar ichida uzoq tarixga ega bo‘lgan numizmatika ashyolari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan nishonlar, jetonlar, medallar, pochta markalari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari mash’alalari, plakatlar, san’at asarlari, kuboklar, kitob va xujjatlar, film va fotomateriallar mavjud. Ular orasida miloddan avvalgi Gretsiyaning Kos orolidan keltirilgan 450-470-yillarga tegishli olimpiya dizaynli kumush tanga hamda Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining o'sha vaqtdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranchning shaxsiy kolleksiyasidan muzeyga sovg‘a qilingan eksponatlarning ham borligi diqqatga sazovordir.
Tadbirlar
Muzeyda bo'lib o'tgan tadbirlar va ulardan lavhalar
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi bir guruh faxriylar, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabalari hamda Bahraynda o‘tkazilgan Yozgi yoshlar Osiyo va paraosiyo o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha oltin medal sovrindori Ulug‘bek Rashidov va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari sportchilari musobaqasi bronza medali sovrindori Sevara Rashidovalar ishtirok etishdi. Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston gimnastika maktabining asoschilaridan biri Respublikamizning birinchi chempioni, sport ustasi Erkin G‘iyosov o‘zining sportdagi yo‘li haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga o‘z maslahatlarini berdi. 1980-yildagi Moskva olimpiadasi kumush medali sovrindori Rustam Yanbulatovning 75 yilligi munosabati bilan tabriklab, unga esdalik sovg‘alari topshirildi. Yosh sportchilar nomidan dzyudo bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni Barchinoy Qodirova va dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni Farangiz Rejepova so‘zga chiqishdi. Ishtirokchilarga muzey zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda sport sohasi ustoz fahriylari, murabbiylari taqdirlandilar.
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda sport sohasi ustoz fahriylari, murabbiylari taqdirlandilar.
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yoshlar va sport yo‘nalishlariga mas’ul vazirlarining IX yig‘ilishi bo‘lib o'tdi.
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yoshlar va sport yo‘nalishlariga mas’ul vazirlarining IX yig‘ilishi bo‘lib o'tdi.
Tadbirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili O.Abduraxmonov, Turkiy Davlatlar tashkiloti bosh kotibi K.Omuraliyev, Turkiya Yoshlar va sport vaziri Osman Ashkin Bak, Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri F.Gaipov, Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vaziri Ye. Mirzabosinov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Y.Kochetov, Qirg‘iz Respublikasi Jismoniy madaniyat va sport agentligi direktori K.Moldajiyev, Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vazir o‘rinbosari M.Tagayev, Vengriyaning O‘zbekistondagi konsuli A.Sabo, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari O.Umarov, Yoshlar ishlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanovalar o‘z ma’ruzalarida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar oʻrtasida yoshlar va sport sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollari haqida so‘z yuritishdi.
Tadbir yakunida muzey hodimlari tomonidan ekskursiya taqdim etildi. Mehmonlar mamlakatimizda sportni rivojlartirishga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor hamda yurtimiz sportchilarining dunyo musobaqalarida erishayotgan yutuqlarni yuqori baxolashdi.
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston Bilyard sport federatsiyasining yubiley kongressi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida federatsiyaning yutuqlari, sportga qo‘shgan hissasi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston Bilyard sport federatsiyasining yubiley kongressi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida federatsiyaning yutuqlari, sportga qo‘shgan hissasi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga bilyard sportining rivojiga qo‘shgan munosib hissalari uchun esdalik sovg‘alari topshirildi. Kongress yuqori darajada, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Muzey ashyolari va kolleksiyalari
1956 yil Melburn shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Olimpiya o‘yinlari nishoni
1956 yil Melburn shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Olimpiya o‘yinlari nishoni
1932 yil Los-Anjelis shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari esdalik bilakuzugi
1932 yil Los-Anjelis shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari esdalik bilakuzugi
2002 yil Sidney Olimpiya o‘yinlari darvozasi.
2002 yil Sidney Olimpiya o‘yinlari darvozasi.
Jeton
Commemorative token of the 1924 Paris VIII Olympic Games



































