Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi bir guruh faxriylar, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabalari hamda Bahraynda o‘tkazilgan Yozgi yoshlar Osiyo va paraosiyo o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha oltin medal sovrindori Ulug‘bek Rashidov va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari sportchilari musobaqasi bronza medali sovrindori Sevara Rashidovalar ishtirok etishdi. Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston gimnastika maktabining asoschilaridan biri Respublikamizning birinchi chempioni, sport ustasi Erkin G‘iyosov o‘zining sportdagi yo‘li haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga o‘z maslahatlarini berdi. 1980-yildagi Moskva olimpiadasi kumush medali sovrindori Rustam Yanbulatovning 75 yilligi munosabati bilan tabriklab, unga esdalik sovg‘alari topshirildi. Yosh sportchilar nomidan dzyudo bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni Barchinoy Qodirova va dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni Farangiz Rejepova so‘zga chiqishdi. Ishtirokchilarga muzey zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
19 - Noyabr, 2025
Tadbir mavzusi
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
Tadbir haqida