Muzey haqida
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi
OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI
Muzey Respublikamizdagi oliy toifali muzey bo‘lib, u ikki qavatdan iborat. Umumiy maydoni 2700 kv.m, ekspozitsiya maydoni 1073 kv.mni, asosiy fondi 2260 tani, ilmiy yordamchi fondi esa 409 tani tashkil etadi. 1-qavat “Shon-sharaf” zali deb nomlanadi, unda o‘zbek sportchilarining nufuzli sport musobaqalarida, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari joy olgan. 2-qavatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari butun dunyo tarixi, bolalar sporti, O‘zbekiston faxriy sportchilari tarixi, milliy sport turlari va o‘yinlari (etnosport), mepping zona joy olgan. Eksponatlar ichida uzoq tarixga ega bo‘lgan numizmatika ashyolari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan nishonlar, jetonlar, medallar, pochta markalari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari mash’alalari, plakatlar, san’at asarlari, kuboklar, kitob va xujjatlar, film va fotomateriallar mavjud. Eksponatlar ichida miloddan avvalgi Geretsiyaning Kos orolidan keltirilgan 450-470-yillarga tegishli olimpiya dizaynli kumush tanga, hamda X. A. Samaranchning shaxsiy kolleksiyasidan muzeyga sovg‘a qilingan eksponatlarning xam borligi diqqatga sazovordir.