Bizning hamkorlar
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi
OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI
Muzey Respublikamizdagi oliy toifali muzey bo‘lib, u ikki qavatdan iborat. Umumiy maydoni 2700 kv.m, ekspozitsiya maydoni 1073 kv.mni, asosiy fondi 2260 tani, ilmiy yordamchi fondi esa 409 tani tashkil etadi. 1-qavat “Shon-sharaf” zali deb nomlanadi, unda o‘zbek sportchilarining nufuzli sport musobaqalarida, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari joy olgan. 2-qavatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari butun dunyo tarixi, bolalar sporti, O‘zbekiston faxriy sportchilari tarixi, milliy sport turlari va o‘yinlari (etnosport), mepping zona joy olgan. Eksponatlar ichida uzoq tarixga ega bo‘lgan numizmatika ashyolari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan nishonlar, jetonlar, medallar, pochta markalari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari mash’alalari, plakatlar, san’at asarlari, kuboklar, kitob va xujjatlar, film va fotomateriallar mavjud. Eksponatlar ichida miloddan avvalgi Geretsiyaning Kos orolidan keltirilgan 450-470-yillarga tegishli olimpiya dizaynli kumush tanga, hamda X. A. Samaranchning shaxsiy kolleksiyasidan muzeyga sovg‘a qilingan eksponatlarning xam borligi diqqatga sazovordir.
Tadbirlar
Muzeyda bo'lib o'tgan tadbirlar va ulardan lavhalar
2024-yilning 21-may kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti bilan hamkorlikda shaxmatsevar talaba-yoshlar o‘rtasida “Shaxmatning o‘tmishi va bugungi kundagi yutuqlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatni Universitet dotsenti N.A. Nurmatov olib bordi. Tashrif buyurganlarga qiziqarli ekskursiya taqdim etildi, mavzuga oid filmlar namoyish etilib, qiziqarli viktorina o'tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Madaniyat Bosh Boshqarmasi tasarrufidagi Musiqa maktab o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etdi. Hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi bo’lib o’tdi
2-iyul kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sportchilarini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosport federatsiyasi prezidenti Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Davlat Xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari, sportchi hamda murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Svetlana Mixaylovna Kuznetsova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🏛️20-iyun kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Svetlana Mixaylovna Kuznetsova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Sport murabbiyimizni O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov , hamda do‘stlar va hamkasblar tabriklashdi. Svetlana Kuznetsova Respublikada sport gimnastikasi rivoji va targ‘ibotiga qo‘shgan xizmatlari uchun Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan kun qahramoniga esdalik orden topshirildi.
Noyob eksponatlar
Noyob eksponatlar
Mash’alalar to‘plami
Yozgi va Qishki Olimpiya o‘yinlari mash’alalari kolleksiyasi
Markalar to‘plami
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan pochta markalar kolleksiyasi.
"Uloq"
"Uloq" kompozitsiyasi: haykaltarosh S.V. Latipov tomonidan, 1983 yil
"Paxtakor esdalik lotereya bileti"
"Paxtakor esdalik lotereya bileti" kartinasi rassom Garik Zilberman tomonidan 1980 yil, xolst moybo'yoq