Ko’chma ko’rgazmalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezitentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000 sonli «Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi farmonida muzeylarda koʻchma koʻrgazmalar sonini oshirish vazifalari keltirilgan. Shu munosabat bilan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida hozirgi vaqtda mukammal taʼmirlash ishlari olib borilyotganligi sababli oʻz koʻrgazmasini Oʻzbekiston Davlat Tabiati muzeyi bilan hamkorlikda namoyish etmoqda.

#ekskursiya #tashrif

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi ko’rgazmasi namoyishlaridan eng asosiy maqsad yurtimiz sportchilarining Olimpiya, jahon va osiyo o’yinlaridagi ishtiroki va yutuqlarini ommaga, ayniqsa yoshlarga keng namoish qilishdir. Bugungi kun ko’rgazmasiga oilaviy tashrifchilar tashrif buyurishdi. Ular muzey ko’rgazmasini maroq bilan tomosha qilishdi. Hamda qiziqarli ekskursiya taqdim etildi.

 

#ekskursiya #tashrif

🏛 Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi o’z ko’rgazmasini davom ettirmoqda. Bugungi kun ko’rgazmasiga oilaviy tashrifchilar tashrif buyurishdi. Ularga muzey haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib ekskursiya taqdim etildi. Tashrifchilarda muzeyimiz katta taasurot qoldirdi. Ko’chma ko’rgazmamiz davom etadi, bizni kuzatishda davom eting.