Paralimpiya o'yinlari jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarning eng yirik xalqaro anjumanidir. Ilk Paralimpiya o'yinlari 1960-yil Italiyaning Rim shahrida o'tkazilgan. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi kolleksiyasidan Paralimpiya o'yinlarida sportchilarimiz tomonidan jahon musobaqalarida qo'lga kiritilgan medal va sovrinlardan iborat eksponatlar o'rin olgan. Shu eksponatlar ichida eng diqqatga sazovor eksponat bu, 2012-yil Buyuk Britaniyaning London shahrida o'tkazilgan XIV yozgi Paralimpiya o'yinlarining ochilish marosimida yoqilgan, 164 ta yaproqning biri bo'lgan mash'ala hisoblanadi. Ushbu mash'alani britaniyalik Paralimpiya o'yinlarining ilk ayol chempioni Margaret Morgan shaxsan yoqib, XIV yozgi Paralimpiya o'yinlarini ochib bergan. 164 ta mamlakat ramzi hisoblangan mash'ala yaproqlari gul shaklida ochilib Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining eng betakror mash'alalar to'plami sifatida nom qoldirgan. Ushbu eksponat tashrif buyuruvchilarda ham katta qiziqish uyg'otadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
13.04.2021 | 13:30