O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabrdagi
F-5614-sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 22-dekabrdagi 1624-sonli buyrug‘ining chora-tadbirlar rejasi ijrolarini ta’minlash bo‘yicha 2021-yil 13-yanvar kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olmazor tumanida joylashgan 134-maktab qoshida tashkil etilgan Huquqni muhofaza qilish organiga qarashli, “Qo‘l jangi” federatsiyasi tasarrufidagi “Yosh gvardiyachi” to‘garagiga, 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan, “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” mavzusida muzey ko‘chma ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda to‘garak rahbari, qo‘l jangi sport turi bo‘yicha ikki karra osiyo hamda bir karra jahon chempioni, sport ustasi Jamshid Umarov va uning qo‘l ostidagi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ko‘chma ko‘rgazma ekskursiyasi tashkil etildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar orasida qizg‘in savol-javoblar o‘tkazildi va ular “Olimpiada – jahon sporti bayrami” nomli kitoblar bilan taqdirlandilar.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
15.01.2021 | 12:29