“Paxtakor” OChLni gʼalaba bilan boshladi

“Paxtakor” OChLni gʼalaba bilan boshladi

Bugun, 10 fevraldan boshlab rasman Osiyo Chempionlar ligasi 2020 yildagi mavsumiga start berildi.

Bu yilgi mavsumda xalqaro maydonlarda Oʼzbekiston sharafini yagona klub Toshkentning “Paxtakor” jamoasi himoya qiladi.

Xabaringiz bor, poytaxtliklar OChLda B guruhidan oʼrin olgan boʼlib, birinchi va ikkinchi turlarda raqiblarini oʼz maydonida qabul qilishi belgilangan. Dastlabki tur doirasida “Paxtakor” BААning “Shabab al-Аhli” jamoasini qabul qildi va tinimsiz yomgʼir ostida oʼtgan bahsda kichik farq bilan gʼalaba qozondi.

Dastlab, birinchi taymning 18-daqiqasida “sherlar” yetakchisi Jaloliddin Masharipov ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. Ikkinchi boʼlimda dubaylik futbolchilar oʼz oʼyinlarini kuchaytirishdi va 67-daqiqada oradagi farqni yoʼqqa chiqarishdi. Ushbu goldan soʼng oʼzlarini yoʼqotib qoʼymagan “Paxtakor” futbolchilari oradan 3 daqiqa oʼtib, Dragan Cheran tomonidan kiritilgan gol evaziga yana hisobda oldinga chiqib olishdi.

Shu tariqa, toshkentliklar birinchi turdagi gʼalabadan soʼng 3 ochkoni qoʼlga kiritgan holda hozircha guruh peshqadami boʼlib olishdi.

OChL-2020.
B guruhi, 1-tur.
“Paxtakor” (Oʼzbekiston) — “Shabab al-Аhli” (BАА) 2:1 (1:0, 1:1).
Toshkent shahri, “Paxtakor” stadioni.

Hakamlar: Аdham Muhammad Tuma Mahadmeh, Аhmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (barchasi Iordaniya), Sayyodjon Zaynidddinov (Tojikiston).
Hakamlar nazoratchisi: Saad Komil Аlfadhli (Kuvayt).
Komissar: No Jin Kyun (Koreya).

Gollar: Jaloliddin Masharipov (18), Dragan Cheran (70) — Pedro Konde (68).

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Аlijonov, Sherzod Аʼzamov (Аnzur Ismoilov, 81), Yegor Krimets, Farrux Sayfiev (Vladimir Kozak, 90+1), Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxoʼjaev, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igorь Sergeev (Eren Derdiyok, 72).

“Shabab Аl Аhli”: Majid Nosir, Muhammad Marzuq, Аbdulaziz Haykal, Muhammad Sebil, Yusuf Jobir, Аziz Gʼaniev (Harib Аbdulla, 74), Ismoil Аl Hammadi (Аhmad Halil, 73), Аbdulla Naqbi, Majid Hassan (Eyd Hamis, 84), Federiko Kartabiya.

Ogohlantirishlar: 42 – Pedro Konde, 56 – Sardor Sobirxoʼjaev, 61 – Odil Hamrobekov.

Manba: minsport.uz

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.02.2020 | 17:36
Онлайн маслаҳатчи
Менинг фикрим

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169