O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QO’MITASI HUZURIDAGI BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH JAMG’ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 34-35-son, 394-modda; 2005 y., 27-son, 191-modda, 30-31-son, 229-modda; 2006 y., 23-son, 208-modda, 40-son, 396-modda; 2008 y., 8-9-son, 40-modda; 2010 y., 23-son, 183-modda; 2011 y., 25-son, 260-modda; 2017 y., 20-son, 367-modda)

(qaror nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2004 yil 29 avgustdagi PF-3481-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda jismoniy va ma’naviy sog’lom yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarni sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, shuningdek sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Bolalar sportini rivojlantirish va ayniqsa qishloq joylarda o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga ommaviy jalb etish umumiy o’rta ta’lim tizimini takomillashtirishning muhim vazifasi, 2004—2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ajralmas qismi deb hisoblansin.

2. Quyidagilar:

(2-bandning ikkinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 oktyabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 40-son, 396-modda)

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkiliy tuzilmasi, Jamg’arma markaziy ijro etuvchi apparati va uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni 3 — 5-ilovalarga muvofiq;

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

3. Belgilansinki, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining ijro etuvchi direktori ayni bir vaqtda lavozimiga ko’ra Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

(3-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

4. Quyidagilar:

Jamg’armaning Homiylik kengashi va Jamg’armaning mintaqaviy filiallari homiylik kengashlari, ularga yuklangan vazifalar va vakolatlar saqlab qolinsin, bolalar sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish, ushbu maqsadga erishish uchun davlat tuzilmalari bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy homiylarning mablag’larini jalb etish uning asosiy maqsadi etib belgilansin;

bolalar sportini rivojlantirish ishida ilgari Jamg’arma Homiylik kengashining qarorlari bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, «O’zbekengilsanoat» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, «Mahalla» jamg’armasiga va boshqa tuzilmalarga yuklangan vazifalar va vakolatlar saqlanib qolsin.

5. Belgilansinki:

Jamg’armaning shaharlar va tumanlardagi mintaqaviy filiallari vakillari faoliyati O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladi va o’z faoliyatida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga hisobot beradi;

(5-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

bolalar sport inshootlarini qurish va ularni rekonstruktsiya qilish dasturlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining qabul qilingan qarorlari amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish Jamg’arma mintaqaviy filiallari vakillarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

6. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004—2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishining muhim tarkibiy qismi sifatida Bolalar sportini rivojlantirish masalalari bo’yicha muvofiqlashtirilgan ishlar dasturini ishlab chiqsin.

Bolalar sportini rivojlantirish dasturi va 2004—2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining o’zaro bog’liqligi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish masalalari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishi monitoringi boshqarmasining bolalar sportini rivojlantirish bo’limiga yuklansin.

7. Belgilab qo’yilsinki:

Jamg’arma mablag’lari hisobiga yangidan qurish va rekonstruktsiya qilish yo’li bilan tiklanayotgan bolalar sporti ob’ektlari foydalanish uchun tuman (shahar) hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi;

Jamg’arma mablag’lari hisobiga qurilishi tugallangan va rekonstruktsiya qilingan bolalar sporti ob’ektlarini qabul qilib olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2004—2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2004 yil 9 iyuldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;

bolalar sporti inshootlarining samarali faoliyat ko’rsatishi, ular quvvatlaridan eng to’liq foydalanilishini ta’minlash, samarali faoliyatni tashkil etish va sport sektsiyalarini metodik ta’minlash, ularni malakali sport murabbiylari bilan ta’minlash uchun mas’uliyat xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlariga yuklanadi.

(7-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 20 iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 25-son, 260-modda)

8. Moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, bolalar sporti inshootlarini namunaviy loyihalar qo’llanilmasdan hamda tasdiqlangan qurilish normalari va standartlariga muvofiq bo’lmagan holda qurish va rekonstruktsiya qilish qat’iyan taqiqlansin.

O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi:

bolalar sporti ob’ektlari qurish va ularni rekonstruktsiya qilishga tanlov pudrat tender savdolari o’z vaqtida o’tkazilishi va puxta tashkil etilishini ta’minlasin;

bolalar sporti inshootlari qurish va ularni rekonstruktsiya qilish ishlarini bajarishda namunaviy loyihalar va tasdiqlangan qurilish qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatsin. Bunda qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan bolalar sporti inshootlari xavfsizligi hamda keyinchalik ulardan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilsin;

mahalliy homiylarning mablag’lari hisobiga yangidan qurilayotgan ob’ektlar va rekonstruktsiya qilinayotgan bolalar sporti ob’ektlari ustidan texnik nazorat qilish amaliyotini joriy etsin.

9. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2002 yil 31 oktyabrdagi 374-son qaroriga 3—6-ilovalar (O’zbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 10-son, 63-modda);

Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» 2004 yil 5 avgustdagi 372-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004 yil 29 avgust,

410-son

Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi 110-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotdi — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 23-son, 208-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(2-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 oktyabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotdi— O’zbekiston Respublikasi Qonun Hujjatlari To’plami, 2006 y., 40-son, 396-modda)

Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 29 avgustdagi 410-son
qaroriga
3-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkiliy tuzilmasi

(3-ilovaning nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

http://lex.uz/Pages/GetPDF.aspx?file=1829081

(3-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 20 iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 25-son, 260-modda)

Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 29 avgustdagi 410-son
qaroriga
4-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi markaziy ijro etuvchi apparatining shtatdagi xodimlari soni

(4-ilovaning nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

Rahbariyat

Ijro etuvchi direktor 1

Kadrlar bo’yicha inspektor 1

Moliyaviy mablag’larni shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’limi

Bo’lim boshlig’i 1

Bosh mutaxassis 1

Etakchi mutaxassis 1

Jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish bo’limi

Bo’lim boshlig’i 1

Bosh mutaxassis 1

Etakchi mutaxassis 1

Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish bo’limi

Bo’lim boshlig’i 1

Bosh mutaxassis 2

Etakchi mutaxassis 1

Bolalar sport inshootlarini uskunalar va sport anjomlari bilan jihozlash bo’limi

Bo’lim boshlig’i 1

Bosh mutaxassis 1

Etakchi mutaxassis 1

Buxgalteriya

Bosh buxgalter 1

Buxgalter-kassir 1

Jami: 17

Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 29 avgustdagi 410-son
qaroriga
4a-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi markaziy ijro etuvchi apparatining tuzilmasi

(4a-ilovaning nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

http://lex.uz/Pages/GetPDF.aspx?file=3217471

(4a-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 29 avgustdagi 410-son
qaroriga
5-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mintaqaviy filialining namunaviy tuzilmasi

(5-ilovaning nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

http://lex.uz/Pages/GetPDF.aspx?file=823691

Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 29 avgustdagi 410-son
qaroriga
6-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida

(6-ilovaning nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

Oldingi tahrirga qarang.

1. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi (keyingi o’rinlarda Jamg’arma deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» 2004 yil 29 avgustdagi PF-3481-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2004 yil 29 avgustdagi 410-son qarori bilan tashkil etilgan.

(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

2. Jamg’arma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

3. Jamg’arma yuridik shaxs hisoblanadi va xo’jalik mustaqilligi asosida faoliyat ko’rsatadi, o’z mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo’ladi. O’z nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo’ladi, tegishli majburiyatlar oladi.

4. Jamg’arma faoliyatida Hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar va jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va xo’jalik jamiyatlarining mehnat jamoalari, muassasalar va ijodiy uyushmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xo’jalik birlashmalari, tijorat tuzilmalari, xorijiy va boshqa tashkilotlar, sog’lom avlodni voyaga yetkazishga o’z hissasini qo’shishni xohlovchi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda qatnashishlari mumkin.

5. Jamg’arma faoliyati xayriya tusiga egadir. Uning mablag’lari, ularning tushish manbalaridan qat’i nazar, Jamg’armaning maqsadi va unga yuklangan vazifalarga erishish uchun sarflanadi.

Jamg’armaning tijorat va savdo-vositachilik faoliyati bilan shug’ullanishi taqiqlanadi.

6. Jamg’armaning yuridik manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Movaraunnahr ko’chasi, 14.

II. Jamg’armaning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari

7. Quyidagilar Jamg’arma faoliyatining maqsadi hisoblanadi:

o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog’lom bo’lib voyaga yetishining, ularga sog’lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g’oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni ta’minlash;

bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish, buning uchun davlat tuzilmalari bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, homiylar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy homiylarning mablag’larini jalb etish.

8. Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini 2004—2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan bevosita o’zaro bog’liqlikda ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yo’lida va barqaror avj oldirishga ko’maklashish;

xalq ta’limini boshqarish organlari va ta’lim muassasalari bilan birgalikda bolalarda sportga mehr uyg’otish, o’sib kelayotgan yosh avlodda sport bilan shug’ullanish, sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligini tushunishni shakllantirish, ularni salbiy ta’sirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror fe’l-atvorli, Vatanga mehr-muhabbat va o’z mamlakati uchun g’urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, umumta’lim maktablari qoshida va aholi yashash joylarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga ko’maklashish bo’yicha zarur moliyaviy va moddiy mablag’larni jamlash;

bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko’maklashish;

umumta’lim maktablarining sport bazasini hamda shaharlarda va qishloq joylarda bolalar sport inshootlari tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ularni mamlakatning aholi yashash joylarida oqilona joylashtirish hamda zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlash;

bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan kamol topishini ko’zlagan holda tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan o’zaro yaqin aloqa va hamkorlikni ta’minlash;

hudud aholisining zichligini, sport bilan shug’ullanishga jalb etiladigan bolalar soni, jinsi va yoshini e’tiborga oladigan bolalar sport maydonchalari va komplekslarining, shu jumladan umumta’lim maktablarining ilmiy asoslangan namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga ko’maklashish;

Oldingi tahrirga qarang.

bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti bo’yicha ustozlar va sport-pedagog kadrlarni mamlakatning yetakchi ilmiy hamda ta’lim markazlarida va chet ellarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Milliy olimpiya qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, respublika sport federatsiyalari, klublari va tashkilotlari bilan o’zaro faol hamkorlik qilish;

(8-bandning to’qqizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, istiqomat joylarda texnikaviy jihozlangan, zamonaviy bolalar sport komplekslarini barpo etishning ahamiyati keng targ’ib qilinishini tashkil etish va ko’maklashish, ushbu vazifalarni ro’yobga chiqarishga jamoatchilikni, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, kichik biznes sub’ektlari, xususiy tadbirkorlikni, korxonalar va tashkilotlarni, shu jumladan xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish;

mamlakatimiz hamda chet el investitsiyalarini, homiylik mablag’lari va grantlarni bolalar-o’smirlar jismoniy tarbiya va sporti sohasiga keng ko’lamda jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;

iqtidorli yosh sportchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;

jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, sport-ommaviy ishlar va xayriya faoliyati masalalari bo’yicha xalqaro hamkorlikda qatnashish;

Vatanimiz jismoniy tarbiya va sportini axborotlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishda, uni jahon axborot tarmog’iga kiritishda qatnashish;

Oldingi tahrirga qarang.

(8-bandning o’n beshinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 maydagi 288-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O’R QHT, 2017 y., 20-son, 367-modda)

Jamg’arma mintaqaviy filiallarni tashkil etish va ularni zarur o’quv-metodik hamda ko’rgazmali-rasmli materiallar bilan ta’minlash, ushbu ishga olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish.

Saytning oxirgi yangilanishi:
11.10.2019 | 13:01
Онлайн маслаҳатчи
Менинг фикрим

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169