Muzeyga sayohat
20.02.2021
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasi hamda Oʼzbekiston yoshlari forumidagi maʼruzasida yoshlarimizning ilm maʼrifatga intilishini rag’batlantirish, hususan oliy taʼlim muassasalarida sifatli taʼlim tarbiya berishni yoʼlga qoʼyish, maʼnaviy poklik, qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligini taʼkidlab oʼtdilar.
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʼrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi
PF-6000-son farmonida ham oʼquvchi talabalarning teatr, kino, muzey va boshqa madaniyat muassasalariga keng jalb qilish vazifasi belgilangan.
Bugun 2021 yilning 20 fevral kuni Toshkent davlat texnika unversitetining talabalari Olimpiya shon-shuhrati muzeyining ko’rgazmasiga tashrif buyurdi. Tashrifchilarga qiziqarli ekskursiya hamda zamonaviy olimpiya o'yinlari tog'risida ma'lumotlar berildi va o'zaro savol-javoblar o'tkazildi.