Taekvondo: Jasur Jaysunov – Osiyo chempioni!

Sport yangiliklari

Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. 

Bu gal -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov qitʼa chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz finalda jahon chempionatining kumush medal sohibi, 2018-yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi eronlik Mirhoshim Hossayniga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli zarbalar va keskin raqobat ostida kechgan bahsda Jaysunov tajribali raqibini mag‘lub etdi.

Shu tariqa, terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan