Og‘ir atletika: 4 nafar sportchimiz o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 10ta medal qo‘lga kiritishdi

Bizning yutuqlar

Meksikaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

-102 kg vazn toifasida bahs olib borgan Qudratbek Salimjonov barcha dasturlarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 156 kg, siltab ko‘tarishda 171 kg, ikki kurashda esa 327 kg natija qayd etdi. Ushbu yo‘nalishda oltin medallar qozog‘istonlik Nikita Abdrahmanovga nasib qildi.

Og‘ir atletika o‘smirlar o‘rtasidagi JCh

Yigitlar, -102 kg:

1. Nikita Abdrahmanov (Qozog‘iston) – 348 (157+191) kg;

2. Qudratbek Salimjonov (O‘zbekiston) – 327 (156+171) kg;

3. Boqi Qiymet (Turkiya) – 295 (132+163) kg.

Shu tariqa, mazkur musobaqada hamyurtlarimizning ishtiroki o‘z yakuniga yetdi. Unda 4 ta nafar sportchi bilan qatnashgan jamoamiz 8 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi ushbu natijalar bilan sportchilarimiz va murabbiylar shtabini samimiy muborakbod etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan