Para pauerlifting: Nuriddin Davlatov Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatida 4ta medal qo‘lga kiritdi

Bizning yutuqlar

Bugun Janubiy Koreyaning Pxyontxek shahrida para pauerlifting bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatining navbatdagi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, bugungi kun ham hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -107 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nuriddin Davlatov umumiy hisobda 612 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda 2 ta bronza va 2 ta oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtlarimizning musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan