“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Andijonda para sport musobaqalari tashkil etildi

Yangiliklar

Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni paralimpiya sport turlariga jalb qilishda mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bu borada mahalla yoshlar yetakchilarining ko‘magida joylarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida para sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mazkur sport musobaqalarining tuman, shahar bosqichlari “Katta g‘alabalarni his et!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Ana shunday sport tadbirlarining navbatdagisi Andijon shahrida tashkil etildi. Unda shahardagi 83 ta mahalladan sportga ishtiyoqi baland bo‘lgan jami 116 nafar matonatli yoshlar para dzyudo, para badminton, para stol tennisi, para suzish, para taekvondo, para shaxmat, para pauerlifting va para yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan