Safina Sadullayeva finalda

Olimpiya o'yinlari Yangiliklar

Yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, final dasturida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritdi.

Balandlikka sakrash yoʻnalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan oʻta oldi. Umuman olganda, A va B guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan oʻtish nasib qildi. Eslatib oʻtamiz, ushbu dasturda qatnashgan boshqa bir vakilimiz Svetlana Radzivil 1.90 metr bilan saralashda qolib ketdi.

Ushbu yoʻnalishning final bahslari 7-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi. Boʻlajak bellashuvda ham Sadullayevaga omad tilab qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.