Oltiboyev Olimpiada chempioni bilan kurashdi

Olimpiya o'yinlari Yangiliklar

Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboyev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida chorak final bellashuvini o‘tkazdi. Unda vakilimiz Rio-2016 Olimpiadasi chempioni bilan bahs olib bordi.

Chexiya vakili Lukash Krpalek bilan kechgan kurashda raqib vazari bahosi bilan ustun kelib, yarim finalga yo‘l oldi. Biroq Oltiboyev bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qolmoqda. Endi u o‘tish bosqichida ukrainalik Yakiv Xammo bilan kuch sinashadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.