Bobousmon Baturovdan ishonchli g‘alaba

Olimpiya o'yinlari Yangiliklar

Bokschimiz Bobousmon Baturov delegatsiyamizning bugungi kun dasturidagi ilk g‘alabasini taqdim qildi. Vakilimiz dastlabki bahsda dominikanlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang avvalidan o‘z ustunligini namoyish qilgan Baturov yakunda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Vakilimiz shu tariqa chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda u britaniyalik Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.