Rekordlar, medallar, litsenziyalar: Para yengil atletikachilarimiz Parijda yangi sahifa ochishdi

Bayram tabriklari Yangiliklar

Para yengil atletika boʻyicha Parij shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Dunyoning 103 ta mamlakatidan 1206 nafar para atlet ishtirok etgan bu galgi dunyo birinchiligi terma jamoamiz aʼzolari uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Matonatli paralimpiyachilarimiz ushbu musobaqada 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 17 ta medal qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida sayyoramizda 8-oʻrinni egallashdi.

Yana bir eʼtiborli jihati, bu galgi jahon chempionatida 5 nafar sportchimiz — Doniyor Saliyev, Izzat Turgʻunov va Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahslarida, yadro uloqtirishda Bobur Omonov, nayza uloqtirishda esa Nurxon Qurbonova jahon rekordini yangilashdi.

Eng muhimi, 19 nafar para atletimiz kelgusi yil aynan Parij shahrida oʻtkaziladigan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyani ham qoʻlga kiritdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan