#18_may #Xalqaro_muzeylar_kuni
Muzeylar har bir xalqning ilmiy-madaniy merosini ifoda etuvchi jonli tarixdir. Har bir muzeyning o’ziga xos jozibasi mavjud bo’lib, u xalqning madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o’rganish, ularni targ’ib etish va kelgusi avlodga yetkazuvchi maskandir.
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuxrati muzeyi 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan yurtdoshlarimizni va barcha muzey xodimlarini samimiy tabriklab, kelgusi ish faoliyatlarida, hayot yo’llarida muvafaqqiyatlar, sog’lik va salomatlik tilab qoladi.