Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi tomonidan usta-hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etildi

Tadbirlar

#mahorat_darslari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-261-sonli qaroriga muvofiq respublikamizdagi davlat muzeylari tomonidan anʼanaviy tarzda xalq amaliy sanʼati va tasviriy sanʼatning barcha turlari boʻyicha mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi “Usta-hunarmandlar mahorat darslari” Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi va Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi hamkorligida Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari ishtirokida tashkil etildi.
Mahorat darsida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Toyir Fayzullayev oʻz shogirdlari Nizomjon Tursunaliyev, Fayzulla Abdullayev, Bekzod Djalilovlar xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorlik, naqqoshlik va xattotlik yoʻnalishlari boʻyicha ishtirok etdilar. Tadbirga tashrif buyurganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga oʻzlari ham mahoratlarini sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Tadbir yakunida Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Tursunali Kuziyev tomonidan mahorat-darsi oʻtagan usta-hunarmandlarga ishtiroklari uchun Sertifikat topshirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan