“Usta-hunarmandlar mahorat darslari”

Tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari tomonidan xalq amaliy sanʼati va tasviriy sanʼatning barcha turlari boʻyicha mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi “Usta-hunarmandlar mahorat darslari” Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi va Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi hamkorligida Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari ishtirokida tashkil etildi.

Mahorat darsida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Toyir Fayzullayev oʻz shogirdlari Nizomjon Tursunaliyev, Fayzulla Abdullayev, Bekzod Jalilovlar xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorlik, naqqoshlik va xattotlik yoʻnalishlari boʻyicha ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Tursunali Kuziyev tomonidan mahorat-darsi oʻtagan usta-hunarmandlarga ishtiroklari uchun Sertifikat topshirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan