Qashqadaryoda sport maktablarining faoliyati bilan tanishildi

Yangiliklar

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Qashqadaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 20-oktyabr kuni vazir Gʻuzor va Dehqonobod tumanlaridagi sport maktablarining faoliyatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, oʻquvchilar bilan ham suhbat oʻtkazildi. Sport maktablari faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsum sport musobaqalari holati bilan tanishildi va masʼullar hisobotini tinglandi.

Jumladan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1-mavsumi doirasida stol tennisi musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga qurib berilayotgan sport maydonchalari (workout) ham koʻzdan kechirildi.

Shundan soʻng, Adham Ikramov viloyatda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsum sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.

Bu kabi oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan