Joriy yilning 12 oktyabr kuni o‘quv jarayoni va mavjud sport bazasi bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikrаmov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir o‘quv jarayoni bilan tanishdi: sport psixologiyasi va pedagogikasi, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi, sport huquqi fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar, shuningdek, qilichbozlik, boks, badiiy va sport gimnastikasi mashg‘ulotlarda qatnashdi. Shuningdek, gimnastika va boks zallarida o‘quvchi-sportchilarni tayyorlash jarayoni bilan ham tanishdi.
Ushbu tashrif davomida vazir Adham Ikramov boks zalini jihozlash va sport zalini obodonlashtirish, talabalar uchun turli sport maydonchalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.