Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida sportni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Sport yangiliklari Yangiliklar

Sportni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, sohaga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan normativ hujjat loyihasini ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida boʻldi.

Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Murodjon Ismoilov boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi va Rossiya sport vaziri Oleg Matisin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirokida jismoniy tarbiya va sport sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzaro tajriba almashishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, ommaviy sportni yanada rivojlantirishda birgalikda ishlash, qolaversa xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatga erishish borasida ham hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan