Bugundan e’tiboran «Muzeylar haftaligi» tadbiri boshlanadi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti kun mobaynida hamyurtlarimiz uchun ushbu ro‘yxatda keltirilgan muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil, 12-aprelda chiqargan 68-son qarorining 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra «Muzeylar haftaligi» tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Hamyurtlarimiz bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, har oyning birinchi yakshanbasida ham muzeylarda «ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilmoqda.