Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi

Sport yangiliklari

Joriy yil 16 – avgust kuni oʻsmirlar oʻrtasida Fargʻona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga saralash musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Fayzulla Qosimov, Fargʻona viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimovlar ishtirok etishdi hamda ishtirokchilarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirish barobarida sportchilarga omad tiladi.

Viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 80 nafarga yaqin oʻsmir yoshlar sportning para yengil atletika, para taekvondo hamda para suzish turlarida gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Gʻolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi hamda ularning 10 nafari Fargʻona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻqishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan