Velosportchilarimiz birinchi startni muvaffaqiyatli yakunlashdi

Sport Yangiliklar

Maʼlum qilganimizdek, Sharja shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa start oldi. Unda startga chiqqan hamyurtlarimiz poygani koʻngildagidek oʻtkazdilar.

Dastur boʻyicha birinchi bosqich 8.86 km masofaga individual vaqt yoʻnalishida oʻtkazildi. Unda hamyurtimiz Aleksey Fomovskiy umumiy klassifikatsiyada yettinchi natijani qayd etdi. Ahamiyatlisi, musobaqada qatnashayotgan yoshlar orasida ushbu koʻrsatkich eng yuqorisi boʻldi. Undan keyingi natija boshqa bir vakilimiz Dmitriy Bocharovga tegishli.

“Tour of Sharjah” musobaqasi
1-bosqich, 8.86 km
1. Sirus Monk (Avstraliya) – 11:18
2. Grega Bole (Sloveniya) 0:04
3. Eysebio Paskul (Ispaniya) 0:06 …
7. Aleksey Fomovskiy (Oʻzbekiston) 0:17
8. Dmitriy Bocharov (Oʻzbekiston) 0:21 …
51. Edem Eminov (Oʻzbekiston) 0:55 …
57. Akramjon Sunnatov (Oʻzbekiston) 1:00 …
73. Damir Zabirov (Oʻzbekiston) 1:10 …
81. Ulugʻbek Saidov (Oʻzbekiston) 1:22 …

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqada butun dunyodan tashrif buyurgan 23 jamoadan 140 sportchi ishtirok etmoqda. Bugun turnirning ikkinchi bosqichi oʻtkaziladi va unda poygachilar 96 km masofani bosib oʻtishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan