IJF yangilangan taqvimni eʼlon qildi, Toshkentdagi JCHning muddati oʻzgargan

Sport

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022-yil uchun yangilangan taqvimni eʼlon qildi. Biz uchun ahamiyatlisi, joriy yil Toshkentda boʻlib oʻtadigan dunyo birinchiligining muddati oktyabr oyining 2-9 sanalariga koʻchirilgan. Avvalgi taqvimda ushbu musobaqa avgust oyida koʻrsatilgan edi. Batafsil:

28-30-yanvar: Almada Gran-Prisi, Portugaliya
5-6-fevral: Parij “Katta dubulgʻa”si, Fransiya
17-19-fevral: Tel-Aviv “Katta dubulgʻa”si, Isroil
25-27-mart: Tbilisi “Katta dubulgʻa”si, Gruziya
1-3-aprel: Antalya “Katta dubulgʻa”si, Turkiya
20-22-may: Qozon Katta dubulgʻasi, Rossiya
4-6-iyun: Dyusseldorf “Katta dubulgʻa”si, Germaniya
24-26-iyun: Ulan-Bator “Katta dubulgʻa”si, Moʻgʻuliston
8-10-iyul: Budapesht “Katta dubulgʻa”si, Vengriya
15-17-iyul: Zagreb Gran-Prisi, Xorvatiya
10-13-avgust: Yoshlar oʻrtasida JCH, Ekvador
24-27-avgust: Oʻsmirlar oʻrtasida JCH, Bosniya va Gersegovina
2-9-oktyabr: Kattalar oʻrtasida JCH, Oʻzbekiston
21-23-oktyabr: Abu-Dabi “Katta dubulgʻa”si, BAA
4-6-noyabr: Boku “Katta dubulgʻa”si, Ozarbayjon
3-4-dekabr: Tokio “Katta dubulgʻa”si, Yaponiya

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan