Qilichbozlarimiz Jahon kubogida yakkalik dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi

Sport

Tbilisi shahrida qilichbozlik boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Bugun yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Musobaqada qizlarimizdan Zaynab Dayibekova, yigitlarimizdan Sherzod Mamutov medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan edilar. Mamutov 1/64 bosqichida rossiyalik Dmitriy Danilenko bilan bahsda 11:15 hisobida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, Dayibekova fransiyalik Amaliya Emini 15:14 hisobida dogʻda qoldirdi. Biroq keyingi davrada italiyalik Eliza Passaroga (13:15) imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Endi hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan