Qishki Olimpiada

Qishki olimpiada

Qishki Olimpiada — sportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkaziladigan turkum musobaqalar. 1924-yildan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-yillarda oʻtkazilmagan). 1908 va 1920-yillarda muz ustida figurali uchish, 1920-yilda shaybali xokkey Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Qishki Olimpiada biatlon, bobsley, kyorling, konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga, muz ustida figurali uchish), chana sporti, changʻi sporti, shaybali xokkey boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan