Ukraina qishki Olimpiadaga mezbonlik qilmoqchi

Qishki olimpiya o'yinlari

Ukraina 2028-yil yoshlar va 2030-yil kattalar oʻrtasida oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilmoqchi. Bu haqida mamlakat yoshlar va sport vaziri Vadim Gutsayt maʼlum qildi.

Mutaxassis oʻz nutqida davlatning yaqin 9 yillik rejalari haqida gapirar ekan, bunda yoshlar va kattalar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik masalasi ham borligiga toʻxtalib oʻtgan. Bir vaqtning oʻzida Ukraina qilichbozlik federatsiyasi rahbari hisoblanmish Vadim Gutsayt bu bilan mamlakat imijini koʻtarish, dunyodagi yirik investorlarni jalb qilgan holda infratuzilmani rivojlantirish va yaxshilash rejalashtirilganini ham taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari Pekin, 2026-yil esa Milan shahrida boʻlib oʻtadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan