Toshkent karate boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Sport Tadbirlar

Ayni kunlarda Qozogʻistonning Almati shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa doirasida Osiyo karate federatsiyasining konferensiyasi oʻz ishini boshladi. Unda Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos, shuningdek, Osiyo karate federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Alam Mullayev ham ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir kun tartibidan kelasi yil oʻtkaziladigan qitʼa chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatni aniqlab olish masalasi oʻrin olgan edi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent shahri kelasi yil barcha yosh toifalaridagi qitʼa chempionatini qabul qiladigan boʻldi. Qayd etish joiz, avvalgi mezbon davlatlar oʻz yurtlaridagi epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olmaydigan boʻlgan edi.

Dastlabki rejaga koʻra, qitʼa birinchiligi Osiyo oʻyinlaridan avval oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Bu esa karatechilarimiz uchun muhim start oldidan oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Eslatib oʻtamiz, Toshkent 2019-yil iyul oyida kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan