Milliy Olimpiya qo‘mitasi imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga iliq tilaklarini yo‘llaydi

Tadbirlar

Ayni kunlarda butun dunyoda 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlanmoqda. Mazkur sana har yili yurtimizda ham katta shodiyona bilan kutib olinadi. Joriy yil ham mamlakatimiz bo‘ylab ushbu bayram shukuhi o‘zgacha ruhda kezib yuribdi.

Prezidentimizning har jabhada bo‘lgani kabi aholimizning turli qatlamlari, jumladan, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga qaratayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligi sabab, nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Ayniqsa, ularning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan Yangi O‘zbekistonning yangi qahramonlari kashf qilinmoqda. Birgina Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida delegasiyamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan