“Bir jamoa. Biz turlimiz. Biz tengmiz” shiori imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni birlashtirdi

Tadbirlar

3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bugun poytaxtimizdagi “Forumlar saroyi”da ushbu bayram munosabati bilan bayram dasturi oʻtkazildi.

Unda hukumatimiz vakillari, Osiy Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalarining mutasaddi rahbarlari, sportchi va murabbiylar, ularning yaqinlari, sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi. Tadbir Milliy Paralimpiya qoʻmitasi, “Zamin” va “Imkon” fondlari hamkorligida “Bir jamoa. Biz turlimiz. Biz tengmiz” shiori ostida oʻtkazildi. Unda Paralimpiyachilarimizning oʻzlari elimiz suygan sanʼatkorlar bilan birga chiqish qilgani, ularning har sohada yuksak qobiliyat egasi ekanidan dalolat beradi. Eʼtiboringizga ushbu tadbirdan olingan suratlarni havola qilamiz:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan